January 15

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 5-bosqich kechki guruh talabalari ishtirokida 2024-2025 o’quv yili rejasiga ko’ra pedagogik amaliyotning himoyasi bo’lib o’tdi

Bugun Xorijiy tillar fakultetida Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 5-bosqich kechki guruh talabalari ishtirokida 2024-2025 o’quv yili rejasiga ko’ra pedagogik amaliyotning himoyasi bo’lib o’tdi. Mazkur himoyada Ingliz tilshunosligi kafedrasi mudiri Z.I.Rasulov ham so’zga chiqib, barcha talabalarni pedagogik amaliyotning yakuni bilan tabriklab, amaliyotning belgilangan tartibda chiroyli o’tiganini takidladi. Shuningdek, talabalarga biriktirilgan amaliyot rahbarlar ham himoyada ishtirok etdi. Unga ko’ra 2024-2025-o’quv yilida Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 5-bosqich kechki guruh talabalariga Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'ituvchisi M.O'. Ubaydullayeva biriktirilgan. Tadbirda BuxDU malaka oshirish va amaliyot sektori bosh mutaxassisi Sh.Rajabov hamda kafedra katta o’qituvchisi Yuldasheva F.E ham ishtirok etdi. Himoya davomida amaliyot rahbarlari talabalarni amaliyot uchun kerakli hujjatlar jildini tekshirdi, amaliyotning qay tarzda olib borilgani haqida hisobot oldi. 10 haftadan iborat ushbu pedagogik amaliyotning 3-haftasi passiv amaliyot davri bo’lib, talabalar amaliyot o’tash hududlarida turli fanlarning o’qitilishini ko’proq tahlil qilishi kerakligi ta’kidlab o’tildi. Amaliyotning qolgan 7 haftasi davomida amaliyotchi talabalar dars jarayonlarini o’zlari mustaqil olib borishi tushuntirildi. Himoya yakunida talabalarning hujjatlari va jarayon yuzasidan savol va munozaralar qilindi va talabalar baholandi.