March 27

 BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasining "Helpful reading" to`garagi talabalarning til o`rganishga qiziqishini oshirishda davom etmoqda.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda qator to'garaklar faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning 11-martida Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Xayrulloyeva Nigora Ne'matilloyevna ishtirokida 11-9- ing-23 guruh talabalari ishtirokida "Helpful reading" to'garagining "The power and magic of dreams" mavzusida navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi. Mashg’ulot boshida o’qituvchi tomonidan dastlab lug’at o’rganish, so’z boyligini oshirish uchun muhim manbalar (lug’at, interaktiv o’yin, filml, badiiy asar, qo’shiq, she’r) haqida umumiy tushunchalar berib o’tildi. So’ngra talabalar o’rtasida mavzuga doir interaktiv o’yinlar va qizg’in bahs-munozara tashkil etildi. To’garakda mashg’ulot to’liq ingliz tilida olib borilib, talabalarning o'qish va yozish malakalarini oshirishga va gapirish ko’nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi va ularning mahoratlarini rivojlantirish uchun yangi metod va strategiyalardan foydalanildi. Mashg’ulot yakunida mavzuga doir berilgan bilimlar takrorlash yo’li bilan mustahkamlandi.