December 20, 2024

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi M.R.Saparova tomonidan ochiq dars mashg`uloti o`tkazildi. 


BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Saparova Mohigul Ramazonovna tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi IV bosqich 11-4ING 21 guruh talabalari bilan 19- dekabr sanasida Chet tili o’qitishning integrallashgan kursi fani “Language testing and assessment” modulidan “Designing assessment tasks for Writing” mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Mazkur dars mobaynida ushbu mavzuga oid termin va lug'atlar izchil o'rganildi, CEFR tizimi bo'yicha yozish ko'nikmasining baholanishi tahlil qilindi. Benchmarking, discussion questions kabi interfaol metodlardan, mavzuga oid video materiallardan unumli foydalanilgan ushbu ochiq darsda mavzu mazmuni keng yoritib berildi. Bundan tashqari, talabalar bo'lajak o’qituvchi sifatida yozishga doir dars materiallarini qay tarzda tayyorlashni, hamda ularni baholash uchun mezonlar tuzishni va ta’lim vositalaridan qanday foydalanishni o'rganib oldilar. Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft bo'lib hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. Dars so'ngida mavzu xulosalandi hamda talabalar izohi atroflicha muhokama qilindi. Dars tahliliga tashrif buyurgan kafedra professor o'qituvchilari tomonidan ochiq dars to'g'risida iliq fikrlar bildirildi.