May 16

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasida navbatdagi "Siyosiy- ma`rifat  soati" o`tkazildi.

Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida navbatdagi siyosiy - ma`rifat darsi davra suhbati tarzida o`tkazildi.

Kafedra a`zolari tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbir siyosiy- ma`rifat soatining navbatdagi soniga bag`ishlangan videorolikni ko`rish bilan boshlandi. Davra suhbatida kafedra professor -o`qituvchilaridan katta o`qituvchi, A.A.Yunusova, dotsent,(PhD) A.B.Qobilova hamda dotsent,(PhD) M.A.Shukurova, (PhD) N.Z.Ruziyevalar siyosiy-ma`rifat soati yuzasidan o`zlarining fikrlarini aytib o`tishdi. Davra suhbati qiziqarli savol- javoblarga boy bo`ldi.