May 6

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti      N.D. Djumayeva  tomonidan "Chet tillarni o`qitishning integrallashgan kursi" fanidan "Inclusivity and Diversity in Assessment" mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Djumayeva Nozima Djurabayevna tomonidan filologiya va tillarni o'qitish ( ingliz tili) ta'lim yo'nalishi III bosqich 11-3 ING - 22 guruh talabalari bilan "Chet tillarni o'qitishning integrallashgan kursi" fanidan "Inclusivity and Diversity in Assessment " mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Mazkur ochiq dars interaktiv metodlar orqali olib borildi. Dars mobaynida talabalar bilimni baholashda tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik tamoyillariga e'tibor berish doirasida turli mashqlar bajardilar.
Talabalar darsda faol ishtirok etishdi. Mavzuga oid taqdimot va video materiallardan unumli foydalanilgan ushbu ochiq darsda mavzu keng yoritib berildi.  Dars so'ngida mavzu mustahkamlanib, talabalar baholandi. Dars tahliliga tashrif  buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsentlari M.M.Tursunov, A.B.Kobilova, Z.B.Djalilova, kafedra oqituvchisi A.Kadirova va magistrant talabalar tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.