December 24, 2024

BuxDu  San`atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san`at kafedrasi o‘qituvchisi Avliyakulova Nafisa Muzafarovna tomonidan“Kulolchilik buyumlariga kerakli pardozlarni tanlab pardozlash” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

2024 yilning 19 dekabr 1 juftlik soat 13-00 da San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrasi o‘qituvchisi Avliyakulova Nafisa Muzafarovna tomonidan Badiiy kulolchilikda uy ro’zg’or buyumlarini loyihalash fanidan “Kulolchilik buyumlariga kerakli pardozlarni tanlab pardozlash” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.Ochiq dars davomida, interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi. Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. O’qiyuvchi tomonidan kulolchilik buyumlarida naqsh kompozitsiyalariga pardoz berish turlari va ulardan kerakli naqsh bezaklarida qo’llash haqida ma’lumotlar berildi. Usta kulol hunarmandlarning ijodiy asarlari tahlil qilindi. Talabalar ijodiy ishlarni qiziqish bilan tahlil qilishdi hamda muzokarali savollar berishdi. Talabalarda ijodiy asarlar haqida tahlil qilish, fikr bildirish va suhbatlashish ko’nikmalarini oshirish mahoratiga erishildi. Ochiq darsda talabalar tanlovi asosida ijodiy ishlardan namunalar ko’rsatildi. Ochiq darsda tasviriy va amaliy san’at kafedrasi professor-o’qituvchilari ochiq dars haqida fikr mulohazalarini hamda takliflarini bildirishdi. Dars o’z maqsadiga erishdi.