BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.M. Raxmatova tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro yozgi maktab loyihasi“Sharq va G‘arb dialogi: O‘zbekistonda ko‘p tillilik madaniyati, inklyuzivlik va turfa madaniyatli ta’lim” mavzusiga bag’ishlandi.
Buxoro Davlat Universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.M. Raxmatova tomonidan 2025-yil iyun oyida tashkillashtirilgan xalqaro yozgi maktab loyihasi “Sharq va G‘arb dialogi : O‘zbekistonda ko‘p tillilik madaniyati, inklyuzivlik va turfa madaniyatli ta’lim” mavzusiga bag’ishlandi.
“Sharq va G‘arb ta’limiy dialogi” kursi AQShning Nebraska-Omaha universiteti professor o’qituvchilari va magistr talabalari bilan “TED 8000: Education Research for Teachers of Diverse Learners” kursini integrallashtirilgangan holda Buxoroda bo’lib o’tdi.
Nebraska Omaha universiteti magistr talabalari va Buxoro davlat universiteti talabalari kurs davomida o’zaro loyihaviy muloqotda o’z bilim va imkoniyatlarini kengaytirdilar. Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston AQShdan kelgan talabalar, o‘qituvchilarni birlashtirib, madaniyatlararo almashinuv va turli ta’limiy tajribalar hamda qarashlarni o‘zaro o‘rganish imkoni yaratildi.
- Buxorodagi maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari (jumladan 5-DMTT D.I. Yadgarova) mahalliy ko‘p tilli muhit bilan bevosita tanishish imkonini berib, ishtirokchilar turli tillar va madaniyatlarning ta’lim jarayonida qanday uyg‘unlashishini kuzatishdi va tajriba orttirdilar.
- O‘zbekistonning ko‘p madaniyatli va ko‘p tilli jamiyatiga mos keladigan inklyuziv ta’lim strategiyalari bo‘yicha munozaralar va loyihalar taqdimotini olib bordi.
- Ikkala mamlakatdan amaliyotchi o‘qituvchilar va magistratura talabalarining hamkorligini rag‘batlantirib, ta’limda xilma-xillik va inklyuzivlik bo‘yicha bilim almashinuvini ta’minladi.
- O‘zbekistonning boy madaniy merosi va Islom ta’limining tarixiy markazi sifatidagi o‘rni haqida chuqurroq tushuncha hosil qilishga yordam berdi, mintaqadagi madaniy xilma-xillikni yoritdi.
Mazkur omillar birlashib, til va madaniyat xilma-xilligiga hurmat va bag’rikenglikni ta’kidlaydigan, inklyuziv ta’lim amaliyotlarini ilgari suradigan dinamik o‘quv muhitini yaratdi.