“Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA) -Markaziy Osiyoda ingliz tilini oʼqitishni faollashtirish” loyihasi doirasidagi seminar-treninglar davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti ingliz tilshunosligi kafedrasi qoshidagi Kasbiy rivojlantirish markazida (PDC- Professional Development Center) Britaniya Kengashi tomonidan Toshkent shahrida O‘zbekiston va qo‘shni davlat oliygohlarining ingliz tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan trening ishtorikchilari master klass darslarini tashkil etishdi. Ushbu seminar-treningda Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan kafedra mudiri, f.f.d., professor Z.I.Rasulov boshchiligidagi M.U.Saidova, N.Dj.Djumayeva, M.T.Elmanova, A.A.Yunusova kabi bir qator professor-o‘qituvchilar o‘rganilgan tajribalarni hamkasblar bilan ulashish maqsadida 4 fevral kuni mashg’ulotlar o’tkazishdi.
Unda fakultetning professor-oʻqituvchilari, magistrant talabalar faol qatnashishdi. Seminar-treninglar xalqaro tajriba va zamonaviy metodikalarni chuqur egallash hamda bilim va malakalarni mustahkamlashga refleksiya usuli imkon yaratishi bilan birgalikda, ilg‘or metodikalarni amalda qo‘llash orqali o‘quv jarayonining sifati va natijadorligini oshirishga ham munosib hissa qoʻshishi kutilmoqda.