“Oilada qizlarimiz sogʼlom turmush tarzi qoidalariga amal qilishi – farovon oila asosi” hamda Xotin-qizlar hayotida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish" mavzularida davra suhbati o`tkazildi.
Joriy yilning 2024-yl 17-dekabr kunida San'atshunoslik va pedagogika fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.M.Avliyakulova tomonidan “Oilada qizlarimiz sogʼlom turmush tarzi qoidalariga amal qilishi – farovon oila asosi” hamda Xotin-qizlar hayotida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish " mavzularida davra suhbati o'tkazildi.Davra suhbatida “Ekologiya va geografiya” kafedrasi dotsenti, tibbiyot mutaxassisi Mardonova Saodat Muzafarovna taklif qilindi. Mardonova Saodat Muzafarovna Xotin-qizlar oʻzlarining sog’lom turmush tarzi munosabatlari va qiziqishlarini chuqurroq oʻrganishi lozimligi, ularning qiziqishlari orqali sogʻligʻi, mamlakatimizdagi tibbiyot xodimlari, pedagogik mutaxassislar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlar tomonidan ishlab chiqilgan va uzoq davrlardan amalda qoʻllanilayotgan sogʻlomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, harakatli oʻyinlar negizida yuqorida bayon etilgan tavsiyalar hamda mulohazalar, mustahkam oila qurish, obod turmush kechirish, samarali mehnat qilish to’g’risida o'z fikrlarini aytib o'tdilar. Davra suhbatida talabalar o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishdi.