June 16

​BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotning passiv (nofaol) amaliyot davri samarali davom etmoqda.

​Joriy yilning 2-iyun sanasidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotning passiv (nofaol) amaliyot davri boshlandi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi hamda K.B.Namozova rahbarligida 11-1-24 va 11-2-ingimk-24 guruh talabalari qadimiy Azim Buxoroi Sharif tarixi hamda Amir Olimxon madrasasi, Minorai Kalon, Ark qal'asi, Buxoroda hunarmandchilik, Buxoroning mashhur toqlari haqida turli taqdimot va videolar tayyorlab, guruhda turli bahs-munozara va o'yin tarzlarida taqdimotlar qilishdi. Talabalarning shахslаrаrо mulоqоt mаdаniyati, kоmmunikаtiv
kоmpеtеntsiyalari, оg’zаki vа yozmа mulоqоt ko'nikmalari shаkllаntirilib, rivоjlаntirildi. Malakaviy amaliyot davrida talabalar faol ishtirok etib, egallagan nazariy bilimlarini kelajakda va kasbiy faoliyatida amalda qo'llay olish ko'nikmalariga ega bo'lishmoqda.