BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli navbatdagi ilmiy seminari bo`lib o`tdi.
2024-yil 18-mart kuni Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli uslubiy seminarning navbatdagi o'quv treyningi bo'lib o'tdi. Seminarda kafedra katta o'qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna so'zga chiqib, “Ingliz va o'zbek tillarida kamtarlik maksimasining ifodalanishi” mavzusida axborot berib o'tdi. Taqdimot davomida har ikki tilda mavjud xushmuomalalikni ifodalovchi lisoniy va nolisoniy birliklar tahlili Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" va Emily Brontening "Wuthering Heights" asarlari misolida ochib berildi. Uslubiy seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, kerakli maʼlumotlarga ega bo`ldilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.