June 19

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotining 2-aktiv amaliyot davri boshlandi.

Buxoro davlat universiteti rektorining 29-mart 2025-yildagi 624-T-sonli buyrug'iga asosan joriy yilning 2-iyunidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotining 2-aktiv amaliyot davri boshlandi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti М.А.Shukurova rahbarligida 11-4-ing-23 va 11-12-ing-23 guruhlar talabalari bilan Azim Buxoroi Sharif tarixi hamda tarixiy obidalari haqida to'plagan nazariy bilimlarini amalda qo'llash maqsadida Buxoroning eski shahriga tashrif buyurishdi. Aktiv amaliyot davrida talabalar mavzularga oid tarixiy ma'lumotlarni hamda qiziqarli rivoyat va hikolarni aytib berishdi.
Aktiv amaliyot jarayonida Buxoroning tarixiy obidalariga doir qiziqarli afsonalar talabalarning amaliyotga bo'lgan qiziqishini yanada oshirmoqda va amaliyot davri qizg'in bahs-munozarali o'tmoqda. Amaliyot jarayonida talabalar faol ishtirok etmoqdalar. Bu jarayon talabalarning og'zaki va yozma muloqot hamda tarjimonlik ko'nikmalatini rivojlantiradi; shaxslararo muloqot madaniyati va kommunikativ kompetentsiyani shakllantiradi va rivojlantiradi.