March 30

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova rahbarligida  11-6 ING-24 guruh talabalari bilan  "West Germanic languages. Periods of English. Impact of French” mavzusida seminar mashg`uloti sayyor dars sifatida tashkil etildi.

Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi (ingliz tili) II-bosqich 11-6 ING-24 guruh talabalari bilan Roman-German filologiyasiga kirish fanidan " West Germanic languages. Periods of English. Impact of French” mavzusida seminar mashg'uloti sayyor dars sifatida tashkil etildi. Ushbu sayyor dars jarayonida talabalar ingliz tilining tarixiy ildizi, German tillari bo'g'imidagi tillardan paydo bo'lishi, ingliz tilining tarixiy davrlari, har bir davrning boshlanishini belgilovchi tarixiy hamda lingvistik voqealar hamda tilda ro'y bergan o'zgarishlar haqida o'rgandilar va ma'lumot almashdilar. Tashkil etilgan mazkur sayyor dars qizg'in bahs va muzokaraga boy ravishda o'tdi.