Buxoro davlat universiteti 2024-2025-o`quv yili rejasiga ko`ra joriy hafta 12-maydan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) kunduzgi yo’nalish 3-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyot davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti 2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra joriy hafta 12-maydan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) kunduzgi yo’nalish 3-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi. Mazkur amaliyotning 1-haftasi nazariy nofaol amaliyot davri bo'lib, 11-6-ing-22 guruh talabalari Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi N.Z. Ruziyeva rahbarligida Ko’hna Buxoroning qadimiy yodgorliklari, Yetti Pir ziyoratgohlari: Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy ziyoratgohi, Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag'naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Hazrat Said Amir Kulol, Bahouddin Naqshband haqida turli taqdimot va videolar tayyorlab, guruhda turli bahs-munozara va o'yin tarzlarida taqdimotlar qilishmoqda. Ushbu topshiriqlar natijasida talabalarning shахslаrаrо mulоqоt mаdаniyati, kоmmunikаtiv kоmpеtеntsiyalari, оg’zаki vа yozmа mulоqоt ko'nikmalari yanada rivojlanmoqda. shu bilan birga, amaliyotning keyingi haftasi bo'lmish faol amaliyot qismida Buxoroning tarixiy qadamjolariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.