BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Jinoyat jazosiz qolmaydi" mavzusida Ma`rifat soati o`tkazildi
Kuni kecha 2025- yilning 3 iyun kunida BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Jinoyat jazosiz qolmaydi" mavzusida Ma`rifat soati o`tkazildi. Ushbu tadbir kafedra professor- o`qituvchilari tomonidan davra suhbati tarzida o`tkazildi. Davra suhbati qizg`in savol -javoblarga boy bo`ldi.
Jinoyat nima, jinoyatchi kim? U qachon, qanday vaziyatda sodir bo‘ladi? Nega jinoyat atalmish yovuzlik daraxti haligacha o‘smoqda? Bu kabi savollar berilganda har kim turlicha javob beradi.
Avvalo, “jinoyat” so‘ziga ta’rif beradigan bo‘lsak, bu so‘z bir necha asrlardan buyon qo‘llanilib kelinayotgan “taqiqlangan”, “gunoh”, “ayb”, “qonunga zid” so‘zlariga sinonim sifatida izohlanadi. Ammo, mazkur so‘zga yangicha ma’no ham yuklatilgan: sud jarayonida qonunbuzarlikning eng oliy darajasi deb topilgan biror xatti-harakat, holat yoki harakatsizlikka nisbatan qo‘llaniladi. Qadimda oqni qoradan, yaxshini yomondan, aybsizni aybdordan farqlash uchun o‘z zamonasining olamdan boxabar, donishmand insonlari o‘zaro maslahatlashib qaror chiqarishgan.
Hech bir inson jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Faqat u o‘zini qurshab turgan muhitga, uning talablariga ba’zan tug‘ma illatlar, ba’zan moddiy qiyinchilik, katta omadsizlik sababli tezda ko‘nika olmaydi.
Insonni hayot yo‘llaridagi sinovlar, qiyinchiliklarni yengishdagi irodasizlik, oson yo‘lni tanlash jinoyat olamiga yetaklaydi. U ko‘p hollarda hali bolalik chog‘idayoq ota-onasidan ayrilib, qarovchisiz qoladi va ongi yetarlicha ta’lim-tarbiyaga, mehrga qonmay, ko‘ngli o‘ksik ulg‘ayadi. Mehr-muhabbatga tashnalik tuy-g‘usi o‘rnini asta-sekin shafqatsizlik egallaydi, kishini qabohatga boshlovchi rejalar tuzadi. Dastlab, kimsasiz binolardan quvurlarni o‘g‘irlab sotishni o‘rganadi, so‘ng tengdoshlari turli bilimlarni o‘zlashtirayotgan paytda u qulfbuzarlik sir-sinoatlarini puxta egallaydi.