March 30

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi M.T. Elmanova  tomonidan “Inclusivity and diversity in assessment ” mavzusida ochiq dars o`tkazildi. 

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Elmanova Mastura Toshnazarovna tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi IV bosqich 11- 7ING 21 guruh talabalari bilan 25- mart sanasida Chet tili o’qitishning integrallashgan kursi fani “Language testing and assessment ” modulidan “Inclusivity and diversity in assessment ” mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Mazkur dars mobaynida ushbu mavzuga oid termin va lug'atlar izchil o'rganildi. Finger Dice Discussion, Unscramble and discuss  kabi interfaol metodlardan, mavzuga oid video va audio materiallardan unumli foydalanilgan ushbu ochiq darsda mavzu mazmuni keng yoritib berildi. Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft bo'lib hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. To'rtta (listening, speaking, reading, writing) til ko'nikmalaridan unumli foydalanilgan ushbu darsda o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan baholash shakli ham aynan mavzudan kelib chiqqanligi talabalarning dars mobaynida yanada faol bo'lishlarini ta'minladi. Dars so'ngida mavzu xulosalandi hamda talabalar izohi atroflicha muhokama qilindi. Dars tahliliga tashrif  buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsentlari N.D.Djumayeva, Z.B.Djalilova, kafedra oqituvchilari, G. Xayrullayeva, A. Kadirovalar tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.