BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi,PhD Xayrullayeva Nodira Nematilloyevna tomonidan Og‘zaki nutq amaliyoti fanidan 11-4 ing 24-guruhi bilan “Politeness in Different Cultures” mavzusida navbatdagi ochiq dars o‘tkazildi.
BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Xayrullayeva Nodira Nematilloyevna tomonidan Og‘zaki nutq amaliyoti fanidan 11-4 ing 24-guruhi bilan “Politeness in Different Cultures” mavzusida navbatdagi ochiq dars o‘tkazildi.
Mazkur ochiq darsning asosiy maqsadi turli madaniyatlarda nutqiy odob-uslublarning farqlanishi, muloqot jarayonidagi madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish hamda talabalar nutqida muloyimlik strategiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar hamda interfaol mashg‘ulotlar asosida olib borildi.
O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan vizual materiallar, jamoaviy va juftlikdagi amaliy topshiriqlar, muhokama va debat elementlari dars samaradorligini yanada oshirdi.
Talabalar mavzuga yuqori qiziqish bildirdilar, faol muloqotga kirishdilar va barcha topshiriqlarda ijodiy yondashuv namoyon etdilar.
- turli xalqlarning muloqot madaniyati va muloyimlik me’yorlari bilan tanishdilar;
- madaniyatlararo til odobi bo‘yicha real kommunikativ vaziyatlarda o‘z fikrlarini erkin ifoda etdilar;
- guruhiy hamkorlik asosida stsenariy tuzish, roliklar tahlili, rol o‘ynash kabi mashqlarni bajarib, og‘zaki nutq ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Ochiq dars yuqori metodik darajada, belgilangan rejaga muvofiq va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Mashg‘ulot mazmuni talabalarning nutqiy madaniyatini rivojlantirish, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini kengaytirishga xizmat qildi.