December 14, 2024

 BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida navbatdagi ochiq dars tashkil qilindi

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi F.E. Yuldasheva kuzatuvida 2-bosqich magistranti Barnoyeva Madinabonu tomonidan 12-dekabr sanasida 11-6ing-22 guruhida Intercultural communication fanidan "The effect of culture on communication style: direct and indirect communication" mavzusida pedagogik amaliyot rejasi bo'yicha ochiq dars tashkil qilindi.

Dars davomida interfaol usullardan, video va audio materiallardan foydalanildi. Mashg'ulot jarayonida tashkil etilgan mashqlarda talabalar individual, juft va guruh bo'lib ishlashdi.
Dars yakunida magistrant talabaning ochiq dars o'tish davomida yo'l qo'ygan kamchilik va erishgan yutuqlari birma-bir tahlil qilindi.