January 22

BuxDu San’atshunoslik fakulteti tasviriy va amaliy san’at kafedrasida ochiq dars o`tkazildi

Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti tasviriy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti, M.B.Azimova tomonidan Amaliy san’atda (Badiiy kulolchilik) ta'lim yo'nalishi IV-bosqich 12-1- ASBK-21 guruh talabalari bilan Badiiy kulolchilikda uy ro‘zg‘or buyumlarini ashyoda ishlash fanidan «Bog‘rog‘lar uchun dekorativ kompozitsiya tayyorlash» mavzusida ochiq dars o'tkazildi.Darsda ilmiy terminlarga xos bo'lgan jihatlar, jumladan mazkur holatlarda qo'llaniladigan glossariya va iboralarga alohida e'tibor qaratildi. Dars mobaynida talabalarning o’zlari tomonidan bajarilgan ishlari taqdim etildi. Dars jarayonida musobaqalar tashkillashtirildi. Mavzuga doir turli video va audio materiallardan unumli foydalanilgan holda mavzu yoritib berildi.

Ochiq dars tahlilida tasviriy va amaliy san’at kafedrasidan (PhD) G.R.Ostonova, dotsent N.M. Avliyakulova, M.B.Sulaymonova kabi professor - o ‘qituvchilar ishtirok etishdi.