May 24

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabalarida malakaviy amaliyot  "Yetti Pir "ziyoratgohlariga borish orqali samarali tashkil qilinmoqda

Joriy o'quv yili rejasiga ko'ra 2025-yilning 12-may sanasidan 24-may sanasigacha Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 3-bosqich kunduzgi ta'lim talabalari 2 haftalik va kechki ta'lim talabalari 4 haftalik malakaviy amaliyotni o'tamoqdalar. Talabalar mazkur amaliyotning dastlabki 1, 2-haftasida Buxoro tarixi, uning muqaddas qadamjolari bo'lmish Yetti Pir ziyoratgohlari haqida nazariy bilimlarni o'rgandilar. Malakaviy amaliyotning keyingi 2-faol haftasida egallangan nazariy bilimlar amalda qo'llanilishi rejalashtirilgan.
Mazkur muborak ziyoratgohlarga sayohat uyushtirish maqsadida kuni kecha 22 may kuni Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari S.N.Ostonova, A.A.Yunusova, M.A.Shukurova, N.Z.Ruziyeva, A.B.Kobilova va Z.B.Djalilovalar hamrohligida bir guruh amaliyotchi talabalar ziyorat sayohatiga chiqdilar. Sayohat davomida talabalar avliyo pirlarning yashab o'tgan hayot yo'llari, ularning tariqatlari, karomatlari haqida juda foydali hamda qiziqarli ma'lumotlarni ingliz, rus va o'zbek tillarida so'zlab berdilar. Professor-o'qituvchilar tomonidan Buxoro pirlarining ulug'ligi haqida aytib berilgan ma'lumotlarni hamda ular bilan bog'liq rivoyatlarni talabalar katta qiziqish bilan tingladilar. Ziyorat sayohati juda mazmunli o'tdi.