October 7

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi Naimova Aziza Muxammadovna rahbarligida 11- 7 ING 25 guruh talabalari bilan "Talking about the future" mavzusida sayyor dars o`tkazildi.

2025-yil, 7-oktyabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Naimova Aziza Muxammadovna rahbarligida 3-juftlikda 11-7 ING 25 guruh talabalari bilan Amaliy grammatika va fonetika fanidan "Talking about the future" mavzusida sayyor dars o‘tkazildi.
Ushbu sayyor dars davomida talabalar sinf xonasi muhitidan uzoqlashib tabiat bilan hamnafaslikda o’zaro erkin kelasi zamon strukturalarini ishlatgan holda dialog, kelajak orzularim, yer sharining bir asrdan so’ng tasviri va o’zgarishlari haqida suhbat qurishdi. Dastlab, talabalar “My future travel” mavzusida “walk and talk” mashqi bajarildi. Bunda har bir talaba o’zining kelajakdagi orzu qilgan davlat yoki ma’lum bir diqqatga sazovor joyning rasmini ko’rsatgan holda ushbu hududga 1. Nima maqsadda borishi; 2. Kim bilan borishi; 3. Qaysi paytda borishni rejalashtirgani; 4. Borish maqsadida qanday rejalar qilmoqchi kabi mavzular doirasida o’z fikrini tasvirlash davomida future simple yoki be going to kabi strukturalardan foydalanishdi. Mazkur so’ngida talabalar o’z o’rtoqlari hikoyasini tasvirlashganidan so’ng yuqoridagi ikki grammatik shakllarning ishlatilishi, farq va o’xshashliklari muhokama qilindi.