March 11

     BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.M.Muxammadiyeva rahbarligida 11-11 ING 24 guruh talabalari bilan Buxoroning eski shahar qismi Ark     qorg’oni va Ismoniy Somoniy maqbarasida sayyor dars o’tkazildi.  

2025 yilning 5-mart sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.M.Muxammadiyeva rahbarligida 11-11 ING 24 guruh talabalari bilan Buxoroning eski shahar qismi Ark qorg’oni va Ismoniy Somoniy maqbarasida sayyor dars o’tkazildi.

Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.M.Muxammadiyeva rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi I-bosqich 11-11 ING-24 guruh talabalari bilan Og’zaki nutq amaliyoti fanidan “The power of the group” mavzusida Buxoro yoshlar markazida sayyor dars tashkil etildi.

Sayyor darsda xorijiy tillarni o'qitish jarayonida muloqotning ahamiyati, bugungi globallashuv davrida guruhning qudratini,birgalikda hamjihat bo'lishlikning o'rni haqida fikrlar almashinildi.

Guruhning qudrati qadim zamonlardan beri insoniyat qadrlab kelgan muhimxususiyatlaridan biridir. Garchi biz globallashgan sharoitda bir soyabon ostidagi dunyoda yashayotgan bo'lsak ham, har bir mamlakatda guruh bilan bog’liq hamon turli hodisalari mavjud.

Demak, hamkorlik, ham jihatlilik, bir-birlarini tinglash, hurmat qilish, birga ishlash, bir maqsad bilan harakat qilishgan guruhlarning o’z orzulari tomon tez va to’g’ri yo’ldan borishliklarini kuzatishimiz mumkin.