November 5

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi Xayrulloyeva Nigorabegim Ne`matilloyevna rahbarligida  11-1INGK- 22 va 11-2INGK-22 guruh talabalari bilan “The Non-Finite forms of the verb”mavzusida sayyor dars o`tkazildi

Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Xayrulloyeva Nigorabegim Ne'matilloyevna rahbarligida 31.10.2025 sanasida 11-1INGK-22 va 11-2INGK-22 guruhi talabalari bilan “The Non-finite forms of the verb” mavzusida Nazariy grammatika va til tarixi fanidan sayyor dars o‘tkazildi.
       Dars "Bookhara" kitob markazida kutubxona muhitida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida talabalar o'qish uchun uyga vazifa sifatida berilgan badiiy kitobni muhokama qilishdi. Badiiy kitobdan fe'lning "Tense", "Mood", "Voice", "Number", "Aspect", "Modality" kabi grammatik  kategoriyalarini tahlil qilishdi.  Sinf xonasidan tashqarida bo‘lish orqali ingliz tilida erkin muloqot qilish,o‘z fikrini ifodalash hamda zamonaviy adabiyotlar yuzasidan munozara olib borishdi.
      Dars davomida talabalar "The Finite and Non-funite verbs"  mavzusida til ko‘nikmalari integrallashgan mashqlarini bajarishdi.