Buxoro davlat universiteti 2024-2025-o`quv yili rejasiga ko`ra joriy hafta 2-iyundan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) kechgi yo’nalish 2-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi.
Buxoro davlat universiteti 2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra joriy hafta 2-iyundan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) kechgi yo’nalish 2-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi. Mazkur amaliyotning 1-haftasi nazariy nofaol amaliyot davri bo'lib, 11-1-ingk-23 guruh va 11-2-ingk-23 talabalari Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi U.S.Toirova rahbarligida Ko’hna Buxoroning tarixi,Minorai Kalon, Masjidi Kalon, Mir Arab madrasasi Ismoil Somoniy maqbarasi, Chashma Ayub maqbarasi,Bоlо Hovuz mаsjidi, Ark qal’asi, Qo’sh mаdrаsа Mоdаriхоn mаdrаsаsi, Аbdullахоn mаdrаsаsi Chоrminоr, Buxoroning mashhur toqlari, Mag’oki Attori masjidi, Abdulazizxon madrasasi, Ulug’bek madrasasi, Ko’kaldosh madrasasi,Nаsriddin Аfаndi mоnumеnti, Nodir Devonbegi madrasasi Labi Hovuz majmuasi, Nodir Devonbegi xonaqosi kabi tarixiy obidalar haqida talabalar ingliz tilida ma’lumotlar berishdi va ular haqida turli taqdimot va videolar tayyorlab, guruhda turli bahs-munozara va o'yin tarzlarida taqdimotlar qilishmoqda. Ushbu topshiriqlar natijasida talabalarning shахslаrаrо mulоqоt mаdаniyati, kоmmunikаtiv kоmpеtеntsiyalari, оg’zаki vа yozmа mulоqоt ko'nikmalari yanada rivojlanmoqda. shu bilan birga, amaliyotning keyingi haftasi bo'lmish faol amaliyot qismida Buxoroning tarixiy obidalariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.