BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotining 2-aktiv amaliyot davri boshlandi.
Buxoro davlat universiteti rektorining 29-mart 2025-yildagi 624-T-sonli buyrug'iga asosan joriy yilning 16-iyunidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotining 2-aktiv amaliyot davri boshlandi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti X.X.Umurova rahbarligida 11-1ING-23, 11-10ING-23 va 11-14ING-23 guruh talabalari bilan Buxoro shahri tarixi hamda tarixiy obidalari haqida to'plagan nazariy bilimlarini amalda qo'llash maqsadida Buxoroning eski shahriga tashrif buyurishdi. Aktiv amaliyot davrida talabalar mavzularga oid tarixiy ma'lumotlarni hamda qiziqarli rivoyat va hikolarni aytib berishdi, chet elliklar bilan muloqot qilishdi. Amaliyot jarayonida talabalar faol ishtirok etmoqdalar. Bu jarayon talabalarning og'zaki va yozma muloqot, madaniyatlararo muloqot hamda tarjimonlik ko'nikmalatini rivojlantiradi, shaxslararo muloqot madaniyati va kommunikativ kompetentsiyani shakllantiradi va rivojlantiradi.