BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli uslubiy seminar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida 29.04.2025-yil kafedra huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli uslubiy seminar o‘z faoliyatini davom ettirdi. Seminarda kafedra dotsenti M.A.Shukurova so'zga chiqib, “O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar, ushbu nashrlarning avtoreferatda berilish tartibi " mavzusida axborot berib o‘tdi.
Shuningdek, seminarda ilmiy tadqiqot natijalari aks etgan maqolalarni avtoreferat berish, dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini shakllantirish xususida ham fikrlar o'rtaga tashlandi. Uslubiy seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.