BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna rahbarligida 11-9 ING 22 guruh talabalari bilan "Materials for teaching culture:cartoons" mavzusida sayyor dars o`tkazildi.
2025-yil, 28-aprel sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna rahbarligida 6-juftlikda 11-9 ING 22 guruh talabalari bilan Madaniyatlararo muloqot fanidan "Materials for teaching culture: cartoons" mavzusida sayyor dars o‘tkazildi.
Mazkur sayyor dars Xorijiy tillar fakulteti kutubxonasida tashkil etildi.
Multfilmlar har bir xalqning urf-odatlari, qadriyatlari, tarixiy voqealari va dunyoqarashini bolalar va kattalar uchun sodda va tushunarli tarzda yetkazadi. Masalan, o'zbek multfilmlari, yapon anime yoki Disney multfilmlari o‘z madaniyatiga xos qadriyatlarni ommalashtiradi.
Turli xalqlarning multfilmlari orqali odamlar boshqa madaniyatlarning fikrlash tarzi, ijtimoiy qadriyatlari va odatlari bilan tanishadi. Bu esa madaniyatlararo bag‘rikenglik va hurmatni kuchaytiradi. Sayyor dars davomida talabalar bilan mavzu yuzasidan qizg‘in savol-javob o‘tkazildi. Bir nechta mashhur multfilmlarning madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tahlil qilindi.