BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti N.S.Qobilova rahbarligida 11-10 ing 22 guruh talabalari bilan sayyor dars o‘tkazildi
2025-yil, 13-yanvar sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti N.S.Qobilova rahbarligida 11-10 ing 22 guruh talabalari bilan sayyor dars o‘tkazildi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti N.S.Qobilova rahbarligida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi III-bosqich 11-10 ing 22 guruh talabalari bilan Gapirish va tinglash fanidan “Speaking in Public” mavzusida Xorijiy tillar fakulteti huzuridagi kutubxonada sayyor dars tashkil etildi.
Fan o‘qituvchisi xorijiy til ta’limi sohasidagi islohotlar bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan muhim ekanligi haqida gapirib berdi. Sayyor dars davomida talabalar bilan qizg‘in savol-javob o‘tkazildi.