Buxoro davlat universiteti 2025–2026-o‘quv yili ish rejasiga muvofiq joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab Ingliz tilshunosligi kafedrasida 3-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi.
Buxoro davlat universitetining 2025–2026-o‘quv yili ish rejasiga muvofiq, joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab Xorijiy tillar fakultetining Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi.
Amaliyotning dastlabki ikki haftasi nazariy bosqich sifatida tashkil etilib, 11-5ING23 guruhi talabalari Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti S.H.Axmedova rahbarligida Ko‘hna Buxoroning tarixiy-me’moriy obidalari hamda Yetti Pir ziyoratgohlari haqida keng qamrovli nazariy bilimlarni egallamoqdalar.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar belgilangan mavzular yuzasidan taqdimotlar tayyorlab, qiziqarli va foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishmoqdalar. Darslarda talabalar yuqori faollik ko‘rsatib, mavzularni chuqur o‘zlashtirishga intilmoqdalar. Amaliyot jarayoni reja asosida samarali tashkil etilgan.
Amaliyotning keyingi bosqichida talabalarning Buxoroning tarixiy va madaniy meros obyektlariga amaliy tashriflarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada takomillashtirish maqsadida qator amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu malakaviy amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitishga xizmat qilmoqda.
Xorijiy tillarni o‘qitish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar esa zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh va malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Kelgusida talabalar amaliyot davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini o‘z kasbiy faoliyatlarida samarali qo‘llashlari kutilmoqda.