December 7, 2024

“IQTIDORIM - BAXTIM” NOMLI BUXORO YOSH RASSOMLARINING KO’RGAZMASI        

2024- yilning 2 dekabrida O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Buxoro viloyat bo’limi tashabbusi bilan Buxoro shahar San’at muzeyida “Iqtidorim - baxtim” nomli Buxoro yosh rassomlarining ko’rgazmasi tashkil qilindi. Bu ko’rgazmani tashkil qilishdan maqsad iqtidorli yoshlarni ijodlarini namoyish qilish orqali ularga yanada sanatga qiziqtirib motivasiya berishdir. Ushbu ko’rgazmada Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti, tasviriy va amaliy san’at kafedrasi tasarufida tashkil qilingan “Amaliy bezak san’ati” fan to’garagi raxbari Sh.Sh. Bakayev boshchiligida to’garakka qatnashuvchi talaba yoshlar ham o’zlarining ijodiy ishlari bilan faol qatnashdilar. Jumladan: Usmonov Dilshod, Nashvanova Marxabo, To’yboeva Nodiralarni ishlari tomoshabinlarga ma’qul keldi. Bu talabalarni ijodiy ishlarini taniqli rassomlar ko’rib chiqib yuksak baholadilar va qatnashchilarni diplom va sertifikatlar bilan taqdirladilar.