BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi K.B. Namozova tomonidan Amaliy grammatika va fonetika fanidan “Purpose and result “ mavzusida sayyor dars o`tkazildi.
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi K.B. Namozova tomonidan 2025-yilning 2-aprel kuni 11-1ingk-24 guruhi bilan birgalikda Amaliy grammatika va fonetika fanidan “Purpose and result “ mavzusida sayyor dars o`tkazildi. Sayyor dars davomida guruh talabalari bn dastlab Buxoro Davlat Universiteti Innovatsion va Ilmiy tadqiqotlar markaziga tashrif buyurib, u yerdagi internet tarmog’i bilan ta’minlangan kompyuterlardan foydalanib mavzuning nazariy qismi bilan tanishtirildi. Shundan so’ng, Kahoot onlayn ilovasi yordamida turli xil qiziqarli savol javoblar va boshqotirmalar bilan ishlandi. Sayyor darsning 2- juftligida universitet axborot resurs markazida bo’lib, fan va mavzuga oid kitob va darsliklar bilan tanishildi, talabalarga amaliy grammatika va fonetikaga oid mavjud o’quv qo’llanmalar va darsliklardan foydalanish tavsiya etildi. Dars so’ngida talabalar mavzuga oid yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar va kerakli vazifa va topshiriqlar bilan qaytdilar.