November 28, 2025

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi, PhD Xayrullayeva Nigora Ne`matilloyevna tomonidan "Argumentative essay. Error Correction. Accuracy of Grammar and Vocabulary Structures" mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Xayrullayeva Nigora Ne'matilloyevna tomonidan joriy yilning 27-noyabr kuni 8-ing-23 guruhi bilan O`qish va yozish amaliyoti Yozish modulidan "Argumentative essay. Error Correction. Accuracy of Grammar and Vocabulary Structures" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Mazkur ochiq darsda mavzu mohiyati talabalar guruhlarga bo`lingan holda tayyorlagan ko'rgazmali materiallar(Poster)ni taqdimot qilib berish orqali yoritib berildi. Mazkur dars davomida "Grammar&Vovabulary Speed Challenge", "Error Hunt Musical Chairs" interfaol mashg'ulotlari orqali Argumentative essay yozish davomida uchraydigan grammatik va leksik xatolarning turlari tahlil qilindi. O'quvchilar uyga vazifa tariqasida yozgan munozarali insholaridagi grammatik va leksik xatolarni Peer Evaluation usuli orqali bilib oldilar va tuzatdilar. Odatiy deduktiv usuldan farqli o'laroq, o'quvchilarga avval qoida berib, keyin mashqlar bajarish o'rniga, ularni yozma nutq materiallari, xat va insholarni mustaqil ravishda tahlil qilishi hamda grammatik va leksik qoidalarni o'zlari kashf etishi o'tkazilgan darsning ahamiyatli jihati bo`lib xizmat qildi.

Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. Dars tahliliga tashrif buyurgan professor-o'qituvchilar: f.f.f.d.(PhD) N.S.Qobilova, f.f.f.d (PhD) N.N.Xayrullayeva hamda F.E.Yuldasheva, M.A.Mustafoyeva va M.A.Soliyeva tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.