September 19

Buxdu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida Xalqaro hamkorlik ishlari samarali yo`lga qo`yib kelinmoqda

Kuni kecha 16 sentyabr kunida Buxdu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasiga Moskva shahridagi RUDN University (Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti) olimlari: Prof. Maria Simonova, Tarix fanlari doktori, Taqqoslamali ta’lim siyosati ilmiy-tadqiqot instituti direktori hamda Prof. Zhanna Puzanova, Sotsiologiya fanlari doktori, Sotsiologiya kafedrasi professori, Monitoring tadqiqotlari markazi direktori tashrif buyurib, xalqaro mehmonlar bilan inkluziv ta’lim masalalari, xalqaro reytinglarga kirish yo‘llari hamda Scopus bazasidagi yuqori impaktli jurnallarga ilmiy maqolalar chop etish imkoniyatlari haqida muhokama qilindi. Tashrif davomida 16 -20 sentyabr kunlarida professor-o`qituvchilarga bepul seminar treninglar tashkil qilindi.

Bundan tashqari, mehmonlarimiz Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o`qituvchilarini nafaqat xalqaro konferensiyalar, balki onlayn tarzdagi 72 soatlik malaka oshirish kurslariga ham faol jalb qilishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ular universitetimiz ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ilmiy maqolalarni nufuzli Scopus bazasidagi Q1 va Q2 jurnallarida chop etish borasida o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.