BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi PhD S.N.Ostonova tomonidan O‘g‘zaki nutq amaliyoti fanidan “Success” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi (PhD) o’qituvchisi Ostonova Sanam Nematovna tomonidan 2024-yil 19-noyabr kuni 11-12 ING-23 guruhi bilan O‘g‘zaki nutq amaliyoti fani tinglab tushunish va gapirish modulidan “Success” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan materiallar dars mavzusiga mos bo‘lib, talabalar indivudial, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsning maqsadi “Success” muvaffaqiyat mavzusiga bog‘liq matnlarni skimming va scanning texnikalari orqali tahlil qilish, asosiy g‘oyalar mazmun mohiyatini tushunish, Words ladder metodi yuzasidan lug‘atni ishlash, PIE reading Close Listening, Scavenger Hunt text, 5-whys analysis strategiyalaridan foydalangan holda tinglab tushunish va gapirish yuzasidan keltirilgan matnllarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Dars ishlanmasi talabaga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ular tarqatma materiallarda ham o‘z aksini topgan. Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar: Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. M.A.Shukurova,N.H.Navruzova,G.Abdullayeva va S.Barotovalar va tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.