BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi òqituvchisi A. M. Naimova tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
2026-yil 24-mart kun BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi òqituvchisi A. M. Naimova tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Tadbir davomida uning tashkilotchisi A. M. Naimova hamda
11-7 ing 25-guruh talabalari sog‘lom turmush tarzining inson salomatligidagi o‘rni
To‘g‘ri ovqatlanish va kundalik rejimga rioya qilish, jismoniy faollik va sportning ahamiyati, zararli odatlarning salbiy ta’siri va ularning oldini olish borasida qizĝin suhbat òtkazildi.
Tadbirni o‘qituvchi Naimova Aziza Muhammadovna kirish so‘zi bilan ochib berdi. U sog‘lom turmush tarzining har bir inson hayotida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlar orasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish dolzarb masala ekanligini qayd etdi.
So‘ngra talabalar fikr-mulohazalari tinglandi. Tashkillashtirilgan bahsda to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari, vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va yetarli dam olishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, jismoniy mashqlar va sport bilan muntazam shug‘ullanish inson organizmini mustahkamlashi, immunitetni oshirishi hamda turli kasalliklarning oldini olishda muhim omil ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida zararli odatlar — chekish, spirtli ichimliklar iste’moli va boshqa salbiy illatlarning inson salomatligiga zararli ta’siri haqida ham fikr yuritildi. Talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savollar berdilar va muhokamada faol ishtirok etdilar.