February 18

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida Maʼrifat soati  doirasida "Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda"  nomli  davra suhbati o`tkazildi.

2025- yil, 18-fevral kuni Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida Maʼrifat soati bo'lib o'tdi. Ma'rifat soatining bugungi mavzusi "Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda" deb nomlangan bo'lib, davra suhbati tarzida o'tkazildi.  

2020-yil – Ilm-fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
Prezidentning 2020-yil 24-yanvar kuni Toshkent shahar Kongresslar zalida Oliy Majlisga uchinchi Murojaatnomasini e’lon qildi. Unda Shavkat Mirziyoev 2020-yilni “Ilm, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
Prezident oliy ta’lim muassasalariga qabulni oshirish pullik ta’lim hisobiga bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlab, davlat grantlari hisobidan talabalar ulushini ikki barobarga oshirishni taklif qildi. Universitetlar haqiqatan ham talab qilinadigan bilimlarni berishi kerak, dedi davlat rahbari.
2021-yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
Shavkat Mirziyoev 2021-yil uchun ham yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishni belgilab berdi. Prezident tomonidan 2021-yil oxirigacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 65 foizga, 2023-yil oxiriga qadar esa 75 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Davlat rahbari 2021 yilda 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabning moddiy-texnik bazasini ta’mirlash va yaxshilash uchun byudjetdan 2 trillion so‘m, shuningdek, 2021-yilda 2 trillion so‘m miqdorida subsidiyalar ajratilishini ta’kidladi. 2000 ta nodavlat bolalar bog‘chalarini tashkil etish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

Maʼlumki, insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb-hunar tanlashi, hattoki kayfiyati, uning oilaviy muhitiga bogʻliq. Oilaning taqdiri esa insonning oʻziga bogʻliq. Oilalarning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi ajdodlarimizdan bizga oʻtgan bilim va tajriba, madaniy qadriyatlar asosida va zamondoshlarimiz erishgan yutuqlari negizida barpo boʻladi.
 Agar oilada tartib-intizom boʻlsa, uning aʼzolari shu xislatlarini xizmat jarayoniga koʻchiradi va ijtimoiy mehnat faoliyatida qoʻllaydilar. Bu esa ularning oʻz xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishlariga sabab boʻladi. Agar ota-ona farzandini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalasa, bu xis-tuygʻu unga butun hayoti davomida yoʻldosh boʻladi.