BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Cho‘lliyeva Malika tomonidan O‘qish va yozish amaliyoti fanidan “Peer-Reviewing and Self-Evaluation” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o`tkazildi.
Dars 11-2ING-24 guruhi talabalari ishtirokida ilmiy-pedagogik amaliyot rejasi asosida o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talabalar o‘zaro tahlil va o‘z-o‘zini baholashning ahamiyatini tushunish, yozma ishlarni tanqidiy baholash hamda samarali fikr-mulohazalar berish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratishdi.
Dars interfaol usullarga asoslangan holda o‘tkazildi. Talabalar yakka, juft va guruhlarga bo‘lingan holda turli topshiriqlarni bajardilar. Mashg‘ulot jarayonida Two Stars and a Wish, Peer Review, Self-Evaluation, va Gallery Walk Peer Review lmetodlaridan foydalanildi.
Talabalar dars davomida sheriklarining yozma ishlarni baholab, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdi hamda mustahkamlash uchun takliflar berdilar. Bu esa ularning tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Mashg‘ulot yakunida fan o‘qituvchisi PhD. Axmedova Sarvinoz Hikmatovna hamda ilmiy-pedagogik amaliyot rahbari - Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Umurova Xushvaqt Hakimovna dars jarayonini kuzatib, kerakli tavsiyalar berdilar. Dars talabalar uchun foydali bo‘lib, ularning yozuv mahoratini yanada mustahkamlashga imkon yaratdi.