May 16

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasida malakavaiy amaliyot mashg`ulotlarining borishi

Buxoro davlat universiteti rektorining 1133-T-sonli buyrug'iga asosan joriy yilning 12-mayidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyotning 1-hafta nofaol davri ham o'z nihosiga yetmoqda. Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi Z.X.Saidova rahbarligida 11-9-ing-22 guruh talabalari bilan Buxoroyi Sharifning qadimiy yodgorliklari,Yetti Pir ziyoratgohlari haqida nazariy bilimlarga ega bo'ldilar.
Darslar jarayonida belgilangan mavzular doirasida taqdimotlar o'tkazilib, video materiallar bilan tanishtirildi. Darslarda talabalar juda faol ishtirok etdilar. Amaliyotning keyingi haftasida faol amaliyot mobaynida Buxoroning muqaddas qadamjolariga tashriflar rejalashtirilgan.