Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik ishlari samarali davom etmoqda
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 312-sonli qarori asosida maktablarga Buxoro davlat universiteti chora- tadbiri hamda uning amalga oshirish mexanizmi sifatida o'quv jarayonini metodik qo'llab-quvvatlash, o'quvchilaining asosiy til ko'nikmalarini shu jumladan xorijiy mutaxassis, professor-o'qituvchilar va iqtidorli talabalarni jalb etish, ular ishtirokida mahorat darslarini tashkillashtirish, xorijiy tillarga o'qitish kurslari va to'garaklari faoliyatini yo'lga qo'yish, shuningdek, o'quvchilar o'rtasida ko'rik-tanlovlar va olimpiadalar tashkil etish alohida qayd etilgan. Shu munosabat bilan, 2024-yil 22- noyabrda Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari professor, f.f.d. M.I.Gadoyeva va f.f.f.d. N.N.Xayrulloyeva tomonidan Buxoro tuman 28- maktabida maktabda faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani o'qituvchilari va o'quvchilari bilan "Raising the interest of young learners in acquiring the English language" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
O'quv kitoblarini maktab bolalariga sovg'a qilish ko'plab jamiyatlarda keng tarqalgan amaliyotdir. Bu ko'pincha o'quvchilarga ta'limni jiddiy qabul qilishi va ularning oqishida muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur materiallar bilan ta'minlash usulidir. Kafedrasi professori, f.f.d. (DSc) M.I.Gadoyeva hamda f.f.f.d (PhD) Xayrulloyeva N.N. tomonidan bir nechta nusxada "Round-up-1" nomli ingliz tilidan mashqlar to'plami Buxoro tumani 28-maktabning 6-sinf o'quvchilariga taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida ingliz tili fani oqituvchilari Ibragimova Gulshan, Sodiqova Shaxnoza, Cho'liyeva Zarina, Sadulloyeva Xonzoda, Karimova Dilshoda, Sharopova Nazokat va boshqalarga xorijiy tilni o‘rganishda foydali va samarali tavsiyalar berildi. Shuningdek, o`qituvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi va tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.