BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi K.B.Namozova tomonidan 11-3ing 25 hamda 11-4 ing 25 guruhi bilan birgalikda Og’zaki nutq amaliyoti fanidan “Avoiding plagiarism“ mavzusida sayyor dars tashkillashtirildi.
Mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi K.B. Namozova tomonidan 28.11.25 kuni 11-3ing 25 hamda 11-4 ing 25 guruhi bilan birgalikda Og’zaki nutq amaliyoti fanidan “Avoiding plagiarism“ mavzusida sayyor dars tashkillashtirildi. Sayyor dars davomida guruh talabalari bn dastlab Buxoro Davlat Universiteti Innovatsion va Ilmiy tadqiqotlar markaziga tashrif buyurib, u yerdagi internet tarmog’i bilan ta’minlanga kompyuterlardan foydalanib mavzuning nazariy qismi bilan tanishtirildi. Shundan so’ng, Kahoot app dan yordamida turli xil qiziqarli savol javoblar va boshqotirmalar bilan ishlandi. Sayyor darsning 2- juftligida universitet axborot resurs markazida bo’lib , fan va mavzuga oid kitob va darsliklar bilan tanishildi, talabalarga mavzuga oid mavjud o’quv qo’llanmalar va darsliklardan foydalanish tavsiya etildi. Dars so’ngida talabalar yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar va kerakli vazifa va topshiriqlar bilan qaytdilar.