BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida “The power of group in politics and society” mavzusida sayyor dars mashg`uloti o`tkazildi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi A.X.Qodirova filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi III-bosqich 11-9ing-22 guruh talabalari bilan “Gapirish va tinglab tushunish ” fani bo’yicha bugungi amaliy mashg’ulotni sayyor dars sifatida o’tkazishdi. Sayyor dars mavzusi “The power of group in politics and society”. Talabalar jamiyatda guruhning ahamiyati haqida o'z fikrlarini bildirdilar va axborot resurslar markazida turli xil o'quv adabiyotlari bilan tanishib, turli xil tushunchalarga ega bo’lib yaqindan tanishdilar. A.X.Qodirova turli amaliy mashg'ulotlar asosida mavzuni batafsil tushuntirib berdi. Tasvirlash jarayonida talabalar faol qatnashib mavzuga doir turli qiziqarli savol va javoblar bilan fikr almashdi.