September 27

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) 4-bosqich talabalari “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasida

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi M.R.Saparova va Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) 11-1ing22, 11-2ing22, 11-6ing22, 11-7ing22-guruhlar talabalari ishtirokida “Nazariy fonetika” fanidan 25-sentyabr kuni “Sayyor dars” tashkil etildi. Sayyor dars doirasida Buxoro shahridagi Ark qo’rg’onidan Poyi Kalon majmuasiga boruvchi shoh ko’chada “Kelajakka qadam” dasturi bo’yicha “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida talabalar 100 dan ortiq yirik ish beruvchilar 1000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdilar. Tadbirda dasturga muvofiq seminar va treninglar, biznes uchrashuvlari hamda startap loyihalari taqdimotlari tashkil etildi. Ko’rgazma kuy-qo’shiqlarga ulanib ketdi.