BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Djalilova Zarnigor Baxoirovna rahbarligida 11-1ING 25 guruh talabalari bilan“Education: audio books”mavzusida sayyor dars o`tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Djalilova Zarnigor Baxoirovna rahbarligida 14.10.2025 sanasida 11-1ING 25 guruh talabalari bilan“Education: audio books”mavzusida Og‘zaki nutq amaliyoti fanidan sayyor dars o‘tkazildi.
Dars kutubxona muhitida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida talabalar oldindan tinglash uchun uyga vazifa sifatida berilgan audio kitobni muhokama qilishdi. Audio kitob kontentidan kelib chiqib ingliz va amerika madaniyatini taqqoslaashdi. Sinf xonasidan tashqarida bo‘lish orqali ingliz tilida erkin muloqot qilish,o‘z fikrini ifodalash hamda zamonaviy adabiyotlar yuzasidan munozara olib borishdi.
Dars davomida talabalar “Education ” mavzusida til ko‘nikmalari integrallashgan mashqlarni bajarishdi. Avvaliga butun sinf muhokamasi sifatida ta’limga ta’rif berishda. Kichik guruhlarda inglizzabon mamlakatlar (Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma shtatlari, Avstraliya va boshqalar) ta’lim tizimlari haqida ma’lumot berishdi. Bu mamlakatlar ta’lim tizimi O’zbekiston ta’lim tizimi bilan taqqoslandi.