Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida to`garaklar faoliyati samarali tashkil qilinmoqda
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida to'garaklar faoliyati May 2, 2025 holatida
Milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillami amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lovchi, Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli yoshlami tarbiyalashga qaratilgan keng ko’lamli ilmiy, ijodiy ishlami olib borish: - talaba-yoshlami hayotga maqsad va ishonch bilan yashashga tayyorlash, ulami eng yuksak qadriyat sifatida vaqtni qadrlash va undan samarali foydalanishga o‘rgatish bu to’garakning asosiy vazifalaridan biridir. Talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda xorijiy tillar kafedrasi ham o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Saparova Moxigul Ramazonovna ishtirokida 11-6ing 21 guruh talabalari ishtirokida "Improving your English" to'garagining "You do not believe that, do you" mavzusida navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi. Mashg’ulot boshida o’qituvchi tomonidan dastlab so’z boyligini oshirish uchun muhim manbalar (lug’at, interaktiv o’yin) haqida umumiy tushunchalar berib o’tildi. So’ngra talabalar o’rtasida mavzuga doir interaktiv o’yinlar va qizg’in bahs-munozara tashkil etildi. To’garakda mashg’ulot to’liq ingliz tilida olib borilib, talabalarning lug’at boyligini oshirishga va gapirish ko’nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi va ularning mahoratlarini rivojlantirish uchun yangi metod va strategiyalardan foydalanildi. Mashg’ulot yakunida mavzuga doir berilgan bilimlar takrorlash yo’li bilan mustahkamlandi.