BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova tomonidan "English Practicum" to`garagi doirasida "Focus on the Learner " mavzusida mashg`ulot o’tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova tomonidan 17.01.2025 sanasida Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi talabalari bilan "English Practicum" to'garagi doirasida "Focus on the Learner " mavzusida mashg'ulot o’tkazildi. Dastlab talabalar bilan til o'rganuvchilarni, ularning xususiyatlari muhokama qilinib, chet tili darsini rejalashtirishda ularni inobatga olishning afzalliklari haqida so'raldi. Yigirma birinchi asr ishchi o'rin bozorida yuqori kompitentli kadr yetishtirishda, o' quvchining vizual, kinestetik yoki tinglab o'rganish uslubini aniqlash muhim ekanligi ta'kidlandi.
Talabalar har bir til o'rganuvchining uslubiga mos keluvchi mashq va texnikalarni o'rganib, savor javob muzokaralarida faol qatnashib mavzuga doir turli fikrlar bildirishdi.