BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi 2-bosqich magistranti Mirzayeva Mohinur tomonidan 11-6ING-24 guruhi ishtirokida "Jadidlar harakati namoyondalari va ularning faoliyati"mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 27-fevral kuni Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 2-bosqich magistranti Mirzayeva Mohinur tomonidan 11-6ING-24 guruhi ishtirokida "Jadidlar harakati namoyondalari va ularning faoliyati" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsentlari Umurova Xushvaqt Hakimovna hamda Axmedova Sarvinoz Hikmatovna ishtirok etib, mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.
Davra suhbati davomida Turkiston jadidlarining ilmiy-ma'rifiy faoliyati, ularning millat taraqqiyotidagi o‘rni va ta’siri haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, jadid adabiyotidan namunalar o‘qilib, ularning g‘oya va maqsadlari xususida talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar jadidlar harakati bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir qizg‘in bahs-munozara ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida dotsent Umurova Xushvaqt Hakimovna so‘zga chiqib, o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning ahamiyatini ta’kidlab, bu kabi ilmiy-ma'rifiy uchrashuvlar yoshlarning tafakkurini kengaytirish, tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.
Mazkur tadbir talabalarni jadidchilik harakati bilan yanada chuqurroq tanishtirishga, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishga hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.