May 9
BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi jamoasi fakultet faxriylarini bayram bilan tabrikladi
9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ingliz tilshunosligi kafedrasi jamoasi fakultetda uzoq yillar mehnat qilgan bir guruh ustozlar xonadoniga tashrif buyurishdi. Ziyovuddin Toshev, Salomat Hasanova, Bibirajab Bobomurodova, Ravshan Toshev, Najmiddin Bakayev, Anvar Haydarov kabi fakultet faxriylari bilan ustoz shogirdlar birgalikdagi faoliyatlari davomida kechirgan iliq xotiralarni, bu yorugʻ olamni tark etgan ustozlarni yodga olishdi.
Ustozlar shogirdlarga oʻz pedagogik va hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi. Faxriylar kafedra va fakultet jamoasini duo qilib, kelgusi ishlarida omadlar tiladilar. Bayram kayfiyati davom etmoqda.