November 27, 2025

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna tomonidan  11-7 ING 24 guruh talabalari bilan "Science and nature" mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

Bugun Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna tomonidan filologiya va tillarni o'qitish ( ingliz tili) ta'lim yo'nalishi II-bosqich 11-7 ING 24 guruh talabalari bilan "O'qish va yozish amaliyoti" fani O’qish modulidan "Science and nature. Public attitudes towards science. Research-based analytical text (identifying ethics and values)" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Dars jarayonida talabalar yakka holda, guruh bo’lib ishladilar. Dars davomida talabalar “Fan va tabiat”, ayniqsa fanga bo‘lgan jamoatchilik munosabatlari hozirgi davrda juda muhim mavzu ekanligini qizg’in muhokama qilishdi. Jamiyatning ilm-fan taraqqiyotiga bo‘lgan ishonchi, qabul qilishi va tanqidlari atrof-muhit muammolari, texnologik yangiliklar, gen muhandisligi, ekologik xavfsizlik kabi masalalarda katta rol o‘ynaydi.
Bu mavzuni tahlil qilish orqali talabalarda: ilmiy fikrlash, ijtimoiy ong, ekologik mas’uliyat, axloqiy baholash ko‘nikmalari shakllandi. Dars davomida talabalar yangi matn bo’yicha taqdim etilgan lug’at so’zlar va ularning qo’llanilishi ustida ishladilar. Mavzu bo’yicha fikrlarini aytishdi, berilgan rasmlarni tahlil qilishdi.
Til ko'nikmalaridan unumli foydalanilgan ushbu darsda o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan baholash shakli ham aynan mavzudan kelib chiqqanligi talabalarning dars mobaynida yanada faol bo'lishlariga ruhlantirdi. Dars so'nggida talabalar egallagan bilimlarini taqdimot turida ishlash orqali tushuntirib berishdi. Jigsaw reading orqali talabalar matn bo‘laklarini o‘rganib, bir-biriga tushuntirishdi; Debat orqali “Ilmiy yangiliklar jamiyatga foydalimi yoki xavfli?” mavzusida kichik bahs olib borildi. Cause-effect chart yordamida fan oqibatlari va jamoatchilik munosabatlarining sabab-oqibati tahlil qilindi. Infografik tahlil ko’magida talabalar jamiyatning ilmga ishonchi bo‘yicha statistik diagrammani sharhladi.
Dars tahliliga tashrif buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD N.Dj.Djumayeva, kafedra katta o'qituvchisi, Phd M.T.Elmanova hamda PhD I.I.Akramov, kafedra o'qituvchilari F.Bekniyozova, M. Baxronova va magistr talabalar tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.