October 8, 2022

Dizayn yechim faqat ekran ichida emas

Dunyo ekran ortida mavjud emasligini eslab turish foydadan holi boʻlmaydi. Dizayneri sifatida, koʻp vaqtimizni ekran uchun dizayn yaratishga sarflaymiz. Aslida ekran uchun interfeys chizishdan boshimizni koʻtarib, oʻylab koʻrsak, barcha ekran ichidagi jarayonlar ekran tashqarisidagi jarayonlarga xizmat qilishini tushunamiz.

Muammoning yechimi har doim ham biz chizadigan foydalanuvchi interfeysida, ya’ni ekranda boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun, dizayn yechim haqida oʻylashdan oldin, muammoni chuqur oʻrganish muhim.

Eng koʻp kuzatganim, har qanday dizayner ham muammoni chuqur oʻrganmay, yechimga fokus qilsa, yechim qiymati nolga teng boʻlib chiqishi mumkin, yoki yechim oxiriga yetmasdan yiqilish ehtimoli katta.

Dizaynerlarda kuzatadigan muammolar biri, asosiy kuchni yechimni ekran ichidan qidirishga harakat qilishadi. Yaʼni muammoni oʻrganish oʻrniga, Dribbble, Behance va boshqa shu kabi platformalardan yoki boshqa ilova va veb-saytlardan ilhom qidirishadi.

Muammoni oʻrganib, uni tez va effektiv yoʻl bilan yechish haqida oʻylash, ilhom qidirishdan foydali.

Agar siz haqiqatan ham ilhomlanmoqchi boʻlsangiz, butun vaqtingizni boshqa veb-saytlar yoki ilovalarni koʻrib chiqishga sarflamang, aksincha, qanday muammoni yechayotganingizni oʻrganing, nega aynan shu muammoni yechish kerakligi, nega oʻzi bu muammo mavjudligi va uning ildizini topishga harakat qiling. Muammo ildizini topgach, muammoni qanday yechish mumkinligini shu jarayonda qatnashadigan barcha odamlar (mahsulot menejeri, dasturchilar) bilan maslahatlashing. Keyin ilhom haqida oʻylash uchun fursat keladi.

Dunyo ekran ichida emas.