October 7, 2022

Avvalgi va Keyingi holatni taqqoslash

Toshkent shahrining mashhur ko‘chalarida avvalgi va joriy holatlar tasvirlangan plakatlar bor. Quyida ulardan birini misol keltiraman (hammasi deyarli bir xil bo‘lgani uchun, faqat bitta misol keltirdim).

Письма о Ташкенте

Qolgan plakatlarni Письма о Ташкенте saytida ko‘rishingiz mumkin.

Ushbu plakatlarda quyidagi kamchiliklar bor:

  1. Avvalgi va keyingi holat har doim bir xil o‘lchamda bo‘lishi kerak. Dizayner keyingi holatni bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida unga ko‘p joy ajratgan, natijada, avvalgi holat ko‘rimsiz holatga kelgan.
  2. Agar taqqoslash bir qatorda joylashadigan bo‘lsa, avvalgi holat chap tarafda, bugungi holat o‘ng tarafda bo‘lishi kerak. Taqqoslash ustma-ust bo‘lgan holatda esa, avvalgi holat, uning ostiga keyingi holatni joylagan ma’qul.
  3. Taqqoslash yaqqol ko‘rinishi uchun fotolar bir xil rakursda olinishi kerak. Bir xil rakursdan olishning iloji bo‘lmasa, o‘xshashroq manzara fotosi ishlatiladi. “Bu fotografning ishi” dersiz? Yo‘q, bu dizaynerning ishi.
  4. “Bugungi Holat” yozuvi avvalgi holat maydonida turgani uchun ajratib olish biroz qiyinroq. Bu yerda “Yaqinlik Teoriyasi” yetishmayapti.
  5. Orqa fondagi shakllar, qo‘shimcha naqshlar — ortiqcha detal.
  6. “Avvalgi Holat” va “Eski Holat” yozuvlaridan ko‘ra yillar yozilsa, informativ bo‘ladi.

Taxminan mana bunday: